Platforma haqida
m-fizika.uz raqamli ta’lim platformasi
Ushbu platforma molekulyar fizika bo‘limini raqamli texnologiyalar, virtual laboratoriyalar, interaktiv testlar, amaliy topshiriqlar, taqdimotlar va videodarslar orqali chuqur, qiziqarli hamda samarali o‘rganishga mo‘ljallangan. Platformadan oliy ta’lim muassasalari talabalari, professor-o‘qituvchilar, akademik litsey va maktab o‘quvchilari, shuningdek fizika faniga qiziqadigan barcha izlanuvchilar mustaqil ta’lim, dars jarayoni, tajriba ishlari va bilimlarni mustahkamlash maqsadida foydalanishlari mumkin.
Dastur maqsadi
Talabalarda molekulyar fizika bo‘yicha nazariy bilim va amaliy kompetentlikni rivojlantirish.
Laboratoriya ishlarini raqamli simulyatsiyalar yordamida tushunarli va qiziqarli tashkil etish.
Ma’ruza, amaliy, test va taqdimot materiallarini yagona platformada jamlash.
Dastur muallifi haqida
Dastur nomi: Raqamli texnologiyalar vositasida molekulyar fizika bo‘limini o‘qitishda talabalarning amaliy kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot
Muallif: Toshmurodov Nuriddin Pardakulovich
Platforma: m-fizika.uz
Rasmiy guvohnoma ma’lumotlari
DGU 59377
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan guvohnomaga asosan:
Dastur nomi: Raqamli texnologiyalar vositasida molekulyar fizika bo‘limini o‘qitishda talabalarning amaliy kompetentligini rivojlantirishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minot
Guvohnoma raqami: DGU 59377
Talabnoma kelib tushgan sana: 26.01.2026
Talabnoma raqami: DT 202600731
Huquq egasi: TOSHMURODOV NURIDDIN PARDAQULOVICH
Dastur muallifi: TOSHMURODOV NURIDDIN PARDAQULOVICH
O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida 04.02.2026 y. ro‘yxatdan o‘tkazildi.